Oqsillar (yoki proteinlar) organizmdagi muhim vazifalari;
1. Qurilish (struktura) vazifasi
Oqsillar organizmning to’qimalari va hujayralarining asosiy qurilish materiali hisoblanadi.
2. Fermentativ (katalitik) vazifa
Amilaza – og’izda kraxmalni parchalaydi.
Pepsin – oshqozonda oqsillarni parchalashda ishtirok etadi.
3. Transport vazifasi
Masalan:
Gemoglobin – qonda kislorod tashuvchi oqsildir.
Albumin – qonda suv va turli moddalar muvozanatini ushlab turadi.
4. Gormonal vazifa
Ba’zi gormonlar oqsil tabiati kasb etgan bo‘lib, ular organizmdagi biologik jarayonlarni boshqaradi. Masalan:
Insulin – qondagi glyukoza miqdorini tartibga soladi.
Glukagon – glyukozani chiqarishni boshqaradi.
5. Himoya vazifasi
Oqsillar immun tizimida muhim rol o‘ynaydi. Masalan:
Antitanachalar (immunoglobulinlar) – organizmni virus va bakteriyalardan himoya qiladi.
Fibrinogen – qon ivishida ishtirok etadi.
6. Energiya manbai
Zarur hollarda oqsillar energiya manbai sifatida ishlatiladi (1 gramm oqsil ~ 4 kkal energiya beradi), lekin bu asosiy vazifasi emas.
7. Harakatni ta’minlash
💪 Ba’zi oqsillar mushak qisqarishini ta’minlaydi. Masalan:
Aktin va miozin – mushak tolalarining asosiy qismlari.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum