Maktabga tayyorgarlik jarayonida maktab sumkasini tanlashda nimalarga eʼtibor berish lozim?

Maktabga tayyorgarlik jarayonida maktab sumkasini tanlashda nimalarga eʼtibor berish lozim?

1. Ortopedik xususiyat

Sumkaning orqa qismi yumshoq va ortopedik shaklda bo‘lishi kerak.
Bola orqa umurtqasini to‘g‘ri tutib turadi, og‘irlik teng taqsimlanadi.

✅ 2. Yengillik

Bo‘sh holatda sumka og‘ir bo‘lmasligi lozim. Juda og‘ir sumkalar bolaning beliga zarar yetkazadi.

✅ 3. Yelka kamarlarining kengligi

Yelka kamarlari qismlari yumshoq, keng va oson sozlanadigan bo‘lishi kerak.
Noqulay yoki ingichka yelka kamarlar og‘riq va bosimga sabab bo‘ladi.

✅ 4. O‘lcham va hajm

Bolaning yoshiga va bo‘yiga mos bo‘lishi kerak.
Juda katta yoki kichik sumka noqulaylik tug‘diradi.

✅ 5. Ichki bo‘limlar soni

Kitoblar, ruchkalar, tushlik qutisi va boshqa jihozlar uchun bir nechta bo‘limlar bo‘lishi kerak.

✅ 6. Material sifati

Suvga chidamli, yirtilmaydigan va yuvishga yaroqli materiallardan tanlang.

✅ 7. Yorituvchi elementlar

Kechqurun yoki erta tongda ko‘rinishni yaxshilovchi reflektor chiziqlar xavfsizlik uchun muhim.

✅ 8. Dizayn va ko‘rinish

Bola yoqtiradigan, lekin shovqinli bo‘lmagan dizayn tanlash tavsiya qilinadi.

Jinsiga (qiz/yigit) qarab turli dizaynlar mavjud.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum