🍀Petrushka sevib iste’mol qilishga arziydigan ko‘kat, chunki o‘ziga xos ta’mi va xushbo‘yligi bilan tanaga katta foyda keltiradi.
🍀Yallig‘lanishga qarshi kurashadi
🍀Petrushka C vitamini, karotinoidlar va xlorofillga boy — shu sababli ko‘kat yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Bundan tashqari, petrushka antioksidantlarga boy, ya’ni u organizm hujayralarining shikastlanishiga qarshi ajoyib qalqon bo‘lib xizmat qiladi.
🍀Tanani yoshartiradi
🍀Petrushka nafaqat qonni mukammal darajada tozalaydi, balki yoshlikning asosiy manbai — glutationni ishlab chiqarishga ham hissa qo‘shadi.
🍀Shishdan xalos bo‘lishga yordam beradi
🍀Yengil achchiq va o‘tkir xushbo‘y hidga ega ko‘kat shishdan xalos bo‘lishga yordam beradi, shuningdek, organizmni patogen bakteriyalardan himoya qiladi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum