28 iyul – Xalqaro gepatitga qarshi kurash kuni
1967-yil Nobel mukofoti laureati, amerikalik shifokor Samuel Barux jigar kasalligini keltirib chiqaruvchi gepatit B virusini aniqlashga muvaffaq bo’lgan.
Ushbu olimning tug’ilgan kuni sharafiga 2011-yildan buyon har yili dunyoda 28 iyul — Xalqaro gepatitga qarshi kurash kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi.
Gepatit virusli kasallik hisoblanib, bemorda jigar hujayralari zararlanishi kuzatiladi. Qolaversa, uning faoliyati buzilishi oqibatida organizmda intoksikatsiya — zaharlanish yuz beradi. Virusli gepatitning asosan 6 ta — A, B, C, D, E, G kabi turlari mavjud. Ular klinik kechishi va oqibatlari bilan bir-biridan farq qiladi.Yurtimizda esa asosan kasallikning A, B, C turlari ko’p uchraydi.
JSST ma’lumotlariga ko’ra, har yili dunyoda 325 millionga yaqin odam gepatit B va kamida 200 million kishi gepatit C virusi bilan kasallanmoqda.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum