Difteriya kasalligining oldini olish choralari
✅ 1. Emlash (vaksinatsiya) — asosiy chora;
— 2 oylik – birinchi doza
— 3 oylik – ikkinchi doza
— 4 oylik – uchinchi doza
— 16-18 oylik –1-revaktsinatsiya
— 6 yosh –2-revaksinatsiya
— 16 yosh –3-revaksinatsiya
🖇️ Kattalar har 10 yilda bir marta qayta emlanishi kerak.
🧼 2. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish:
🖇️ Qo‘llarni toza saqlash, ayniqsa ovqatdan oldin va hojatxonadan keyin.
🖇️ O‘tkir respirator infeksiyalarni yuqtirmaslik uchun niqob taqish, bemor bilan yaqin aloqada bo‘lmaslik.
🏥 3. Kasallarni o‘z vaqtida aniqlash va izolyatsiya qilish
🖇️ Difteriyaga gumon bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish.
🖇️ Bemorlar alohida izolyatsiya qilinadi va kasalxona sharoitida davolanadi.
🔍 4. Epidemiologik nazorat
🖇️ Kasallik holatlari aniqlangan joyda sanitariya-epidemiologik xizmatlar tomonidan dezinfeksiya ishlari olib boriladi.
🖇️ Bemorga yaqin bo‘lganlar (oiladoshlar, sinfdoshlar) tibbiy nazoratga olinadi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum