❄️Muzlatilgan holda saqlash mumkin bo‘lgan mahsulotlar
🧀 Pishloq
Eritish qiyin bo‘lmasligi uchun pishloqni bo‘laklarga bo‘lib keyin muzlatkichga qo‘ygan yaxshi. Buning uchun bo‘laklarni idishga solish kerak bo‘ladi. Pasta va pitsalar uchun esa qirg‘ichdan chiqarib, yarim yilgacha saqlash mumkin.
🍌Banan
Muzlatkichda saqlangan banan nonushtaga smuzi tayyorlash uchun ayni muddao. Bunda blenderda maydalash oson bo‘ladi. Muzlatilgan banan smuzi-kokteyl uchun eng yaxshi asos. Jigarrang bo‘lishni boshlaganiga guvoh bo‘lsangiz, hech ikkilanmasdan bananni muzlatkichga qo‘yish tavsiya qilinadi.
🥛Sut
Sutni muzlatkichda 3 oygacha saqlasa bo‘ladi. Sutni xona haroratida eritsa ham bo‘ladi yo bo‘lmasa, iliq suv ham bu borada yaxshi samara beradi.
🍽️Kotlet
Qiymadan yasalgan kotletlarni unga bulab, keyin muzlatkichda bemalol saqlasa bo‘ladi. Istalgan vaqtingiz olib qovurishingiz mumkin.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum