Botulizm kasalligining profilaktikasi (oldini olish choralari)
🥫 1. Oziq-ovqat xavfsizligi:
✅ Uy sharoitida konservalangan ovqatlar (go‘sht, baliq, sabzavot) to‘g‘ri sterilizatsiya qilinishi kerak.
✅ Konservalar bombaj bo‘lsa (shishgan bo‘lsa), iste’mol qilinmasin.
✅ Konservalangan mahsulotlar iste’moldan oldin qaynatilsin – botulin toksini 80°C da 10 daqiqada parchalanadi.
✅ Uyda tayyorlangan tuzlangan va yog‘da saqlanadigan mahsulotlarda sirtda gaz pufakchalari, o‘zgargan hid yoki ko‘rinish bo‘lsa, ishlatilmasin.
🚼 2. Bolalar uchun gigiyenik chora-tadbirlar:
👼 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga asal berilmasin, chunki u botulizm sporalarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi mumkin.
🧸 Go‘daklarning o‘yinchoqlari va og‘ziga oladigan buyumlari toza bo‘lishi kerak.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum