💧Suvning organizm uchun foydali jihatlari
1. Terini yoshartiradi va toksinlardan tozalaydi
💦 Suv yetarli bo‘lsa, teri hujayralari yangilanadi, elastiklik oshadi. Bu erta qarishning oldini oladi.
2. Ichak faoliyatini normallashtiradi
💦 Suv yetishmovchiligi qabziyatga olib keladi. Yetarli suv ichish ovqat hazmini yaxshilaydi va ichak harakatini normallashtiradi.
3. Tanadagi haroratni boshqaradi
💦 Suv terlash orqali tanani sovitadi. Bu issiq ob-havoda organizmni issiq urishidan saqlaydi.
4. Oqsil va uglevodlarni organizmga yetkazib beradi
💦 Suv oziq moddalarni hujayralarga yetkazishda muhim rol o‘ynaydi. Qon plazmasi asosiy tarkibi ham suvdan iborat.
5.Stress va charchoqqa qarshi yordam beradi
💦 Suv tanqisligi bosh og‘rig‘i, charchoq va kayfiyat tushishiga olib keladi. Suv bu belgilarni kamaytirishga yordam beradi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum