🧬 Kuydirgi kasalligi profilaktikasi
1. Veterinariya nazorati va emlash:
⭕️Chorva hayvonlarini yillik rejali emlash (vaksinatsiya) bilan kasallikka qarshi immunitet qilish.
⭕️Yangi olib kelingan hayvonlarni kamida 14 kunlik karantinga qo‘yish.
⭕️Kasallik aniqlangan joylarda hayvonlar va ularning mahsulotlarini tashish taqiqlanadi.
2. Hayvon mahsulotlarini to‘g‘ri ishlatish:
⭕️Go‘sht, teri, jun, suyak mahsulotlarini sog‘lom hayvonlardan olish va veterinar tekshiruvdan o‘tkazish.
⭕️Go‘sht va sut mahsulotlarini yetarli issiqlikda pishirish — bakteriyalar yuqori haroratda nobud bo‘ladi.
3. Gigiyena va sanitariya
⭕️Hayvon boqiladigan joylar (molxona, qo‘yxona) doimiy dezinfeksiya qilinishi kerak.
⭕️Har qanday go‘sht mahsulotlari bilan ishlaganda qo‘lqop, maxsus kiyim kiyish.
⭕️Ishdan so‘ng qo‘l va kiyimlarni toza suv va antiseptik bilan yuvish.
4. Kasallangan hayvonlar bilan muomala
⭕️Kasallik alomatlari (yuqori harorat, qonli diareya, og‘izdan ko‘pik) aniqlansa, hayvonni izolyatsiya qilish va veterinarga xabar berish kerak.
⭕️O‘lik hayvonni ko‘mishda yoki yoqishda sanitariya talablariga qat’iy amal qilish.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum