🍉Poliz tabibi — tarvuz haqida siz bilmagan faktlar
🍉Tarkibi
Tarvuz – A, C, E vitamini, B guruhi vitaminlari, magniy, kaliy, kalsiy, fosfor, temir va natriy moddalarini o‘zida saqlaydi.
🍉Shuningdek, tarvuz antioksidant moddalar bo‘lmish likopin, niatsin, tiamin moddalariga boy. 100 gr tarvuz 38 kilokaloriyaga ega.
🍉Foydasi
🍉Tarvuz suvga boyligi bois peshob va safro haydovchi ta’sirga ega. Sharbati buyraklar va jigarni toksinlardan tozalaydi. Organizmda xolesterin miqdorini kamaytiradi.
🍉Uning tarkibidagi foliy kislotasi teri va soch go‘zalligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, hazm tizimini yaxshilaydi, moddalar almashinuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
🍉Qarish jarayonini sekinlashtiradi, onkologik kasalliklardan profilaktika qiladi.
🍉Mahsulotning 100 grammi organizmning magniyga bo‘lgan ehtiyojini 60 foizga to‘ldiradi. Bu esa boshqa moddalarning so‘rilishiga yordam beradi, yurak-qon tomir tizimi uchun foydali.
🍉Stressdan himoyalaydi, baxt gormonlarining ishlab chiqarilishiga impuls beradi.
🍉Ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, immunitetni mustahkamlaydi.
🍉Ochlik hissini neytrallashtirgani bois parhezbop sanaladi, ozishga yordam beradi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum