🖇️Sil kasalligi yoki tuberkulyoz— bakterial etiologiyali yuqumli kasallik. Kasallik nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy jihatli hisoblanadi:
🖇️sil qo’zg’atuvchisiga eng ta’sirchanlar immuniteti pasayganlar, yetarli ovqatlanmaydiganlar, gigiyena standartlariga rioya qilmaydiganlar va kambag’al ijtimoiy sharoitlarda yashayotgan odamlardir.Kasallikning rivojlanishiga inson hayotining sifati ta’sir qiladi. Biroq, sil xavfi ostida yoshi va jinsidan qat’i nazar butun aholi qatlami turadi.
🖇️O’lim holatlarining yuqoriligi (yiliga 3 million kishi) va kasallikning keng tarqalganligiga nafaqat ijtimoiy omillar, balki sil kasalligining hech qanday alomatlarsiz (yashirin) davri uzoq davom etishi ham ta’sir ko’rsatadi. Bu davr sil kasalligini davolash uchun eng qulay vaqt hisoblanadi va infeksiya mavjudligini aniqlash uchun organizm Mantu sinov reaksiyasiga baholanadi.
🖇️Kasallik inson organizmiga Mycobacteriumbakteriyasi yoki Kox tayoqchasi bilan infeksiyalangandan so’ng rivojlanadi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum