✅Ovqatdan zaharlanishni oldini olish
✅Oziq-ovqatdan zaharlanishni oldini olishning eng yaxshi usuli —ovqatlanish gigiyenasi qoidalariga ovqatni to’g’ri saqlash va elementar ogohlikka rioya qilishdir.
✅Ovqatning rangiga, hidiga va ta’miga e’tibor bering. Noxush chirigan hid, ta’mning nordonligi, tilning achishi sergak torttirishi kerak. Mahsulot sifati buzilganligi belgisi sifatida uning konsistentsiyasi o’zgarishi, uning yuzasida shilliq hosil bo’lishi ham xizmat qilishi mumkin.
✅Mog’or bilan qoplangan, buzilgan meva va sabzavotlarni, shishgan konserva bankalari va sut va sut mahsulotlari paketlarini afsuslanmasdan tashlab yuborish kerak.
✅Temir qopqoq bilan «yopilgan» banka o’ziga xos ovoz bilan ochilishi kerak, bu uning germetik yopilganini ko’rsatadi. Agar ovoz bo’lmasa, konservalarni iste’mol qilmaslik kerak.
✅Sotib olayotganda, mahsulotning ishlab chiqarish muddati va yaroqlik muddati, o’ramning yaxlitligini tekshirish kerak.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum