✅Gijjalar tasnifi

✅Gijjalar tasnifi

✅Parazitlar odam tanasining qay sohasida faolligiga qarab ikki toifaga bo’linadi:

✅Gastrointestinal — me’da-ichak tizimning turli bo’linmalarida yashovchi gijjalar. Ichak parazitlarining 100 ga yaqin turi (ichakning har bir qismi uchun o’nlab) mavjud. Ingichka ichakda askaridlar, tasmali ostritsa, keng tasmalilar va ularning boshqa «qarindoshlari» yashaydi. Tibbiy adabiyotda bir kishi turli xil parazit turlari bilan bir vaqtning o’zida zararlanganligi holatlari ham bayon qilingan.

✅To’qimalar — parazit ichki a’zolarda, to’qimalarda va hatto qonda joylashishi mumkin. Zamonaviy tibbiyot paragonimoz (o’pka), sistitserkoz (miya), exinokokkoz (jigar) va filyarioz (limfatik tomirlar) bilan muvaffaqiyatli kurashib kelmoqda. Ba’zi gijjalar qon tizimi orqali organizm bo’ylab harakatlanib, har qanday a’zoga tasodifiy birikib olishi mumkin. Tuxumlarning juda ko’p bo’lishida butun organizm zararlanishi ehtimoli mavjud.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum