📌Oʻtkir yuqumli ichak kasalliklarini oldini olish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar.

📌Oʻtkir yuqumli ichak kasalliklarini oldini olish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar.

📌Oʻtkir yuqumli ichak kasalliklari (OʻYIK) — bu ovqat hazm qilish tizimiga taʼsir etuvchi va turli xil mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar, parazitlar) sabab boʻladigan keng tarqalgan kasalliklar guruhidir.

📌Kasallikning oldini olish uchun quyidagi chora-tadbirlarga rioya qilish zarur:

1.Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish:🧼

•Qoʻllarni toʻgʻri yuvish:
Ovqatdan oldin, hojatxonadan keyin, koʻchadan kelgandan soʻng qoʻllarni sovun bilan kamida 20 soniya davomida yuvish kerak.
•Antiseptik vositalardan foydalanish:
Agar suv va sovun boʻlmasa, spirtli antiseptik vositalardan foydalanish lozim.
•Tirnoqlarni qisqa qilib olish:
Tirnoqlar ostida koʻplab mikroblar yashashi mumkin.
•Shaxsiy sochiq va gigiyena vositalaridan foydalanish:
Boshqalar bilan sochiq, taroq, zub turush va boshqa shaxsiy gigiyena vositalarini almashmaslik kerak.

2.Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash:

•Oziq-ovqat mahsulotlarini toʻgʻri saqlash:
Oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan haroratda va sharoitlarda saqlash zarur. Tez buziladigan mahsulotlarni muzlatgichda saqlash kerak.
•Yaxshi pishirilgan ovqatlar isteʼmol qilish:
Goʻsht, parranda goʻshti, baliq va tuxumni yaxshilab pishirish, ularni ichki harorat belgilangan darajaga yetguncha tayyorlash kerak.
•Xom meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvish:
Ularni isteʼmol qilishdan oldin toza suv bilan yaxshilab yuvish, imkon boʻlsa, maxsus vositalar bilan tozalash kerak.
•Pasterizatsiyalangan sut va sut mahsulotlarini tanlash:
Xom sut va sut mahsulotlarida zararli bakteriyalar boʻlishi mumkin.
•Muddati oʻtgan mahsulotlarni isteʼmol qilmaslik:
Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddatiga eʼtibor berish va muddati oʻtgan mahsulotlarni isteʼmol qilmaslik kerak.

3.Suv xavfsizligini taʼminlash:🚰

•Faqat toza suv ichish:
Faqatgina tozalangan yoki qaynatilgan suv ichish kerak.
•Suvni tozalash usullaridan foydalanish:
Agar toza suv topa olmasangiz, suvni qaynatib yoki maxsus tozalash vositalaridan foydalanish kerak.
•Suv manbalarini himoya qilish:
Suv manbalarining tozaligini saqlash, ularni ifloslantirmaslik kerak.

4. Oshxonada tozalikni saqlash:🍽️

•Oshxonani muntazam tozalash:
Oshxonani muntazam ravishda tozalash, yuzalarni dezinfeksiya qilish, idish-tovoqlarni yaxshilab yuvish kerak.
•Turli taxtalardan foydalanish:
Xom va pishgan mahsulotlar uchun alohida taxtalardan foydalanish, ularni har foydalanishdan soʻng yaxshilab yuvish kerak.
•Idish-tovoqlarni toʻgʻri yuvish:
Idish-tovoqlarni issiq suv va sovun bilan yuvish, yaxshilab chayish va qurilishiga ruxsat berish kerak.

5. Hasharotlar va kemiruvchilarga qarshi kurashish:🪰🐀

•Oshxonada tozalikni saqlash:
Oshxonada oziq-ovqat qoldiqlarini qoldirmaslik, axlatni muntazam ravishda olib tashlash kerak.
•Hasharotlarga qarshi vositalardan foydalanish:
Chivin, pashsha va boshqa hasharotlarga qarshi vositalardan foydalanish kerak.
•Kemiruvchilarga qarshi kurashish:
Sichqon va kalamushlarga qarshi kurashish, ularning oshxonaga kirishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.

6. Vaksinatsiya:
•Rotavirusga qarshi vaksina: Rotavirus infeksiyasi OʻYIKning eng keng tarqalgan sabablaridan biri hisoblanadi. Bolalarni rotavirusga qarshi vaksina qilish kasallikdan himoya qiladi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum