❓Energetik ichimliklar haqiqatan ham sog‘liq uchun zararlimi?
✅Ko‘p miqdorda kofein va shakarning kombinatsiyasi turli tizimlar va organlarning sog‘lig‘iga ta’sir qilishi mumkin. Bularning barchasi yoshga, kasalliklarning mavjudligiga va ratsionga bogʻliq.
❓Energetik ichimliklarning organizmga zararlari qanday?
✅Yurak faoliyatini buzadi
Energetikdagi kofein va boshqa stimulyatorlar yurak tezligi va qon bosimini oshiradi. Bunday ichimliklarni haddan tashqari iste’mol qilish aritmiyaga va hatto yurak to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin.
✅Asab tizimiga salbiy ta’sir qiladi
Qisqa vaqt ichida bir nechta energetik ichimliklar ichish zaharlanishga olib kelishi mumkin. Uning alomatlari orasida tashvish, uyqusizlik, taxikardiya, ovqat hazm qilish buzilishi, titroq, mushaklar tirtishishi va bezovtalik kuzatiladi. Kofeinning yuqori dozalari surunkali bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin.
✅Semirishga olib keladi
Energetik ichimliklar shakarga boy bo‘lgani sababli ortiqcha iste’mol qilish semirish va 2-toifa diabet xavfini oshiradi.
✅Jigarga zarar yetkazadi
Me’yordagi energetik ichimliklar jigarga zarar keltirmaydi, lekin agar haddan tashqari oshirib yuborilsa yoki spirtli ichimlik qo‘shilsa, tananing asosiy filtri bardosh bera olmasligi mumkin.
✅Suvsizlanishga olib keladi va buyraklarga zarar yetkazadi
Energetik ichimliklar ko‘pincha sport musobaqalarida ishlatiladi, chunki kofein sportchilarning ish faoliyatini yaxshilashi mumkin. Shu bilan birga, bu siydik va natriy miqdorini oshiradi, bu suvsizlanish va elektrolitlar yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.
✅Tish emalini yemiradi
Yuqori kislotalilik va ko‘p miqdorda shakar tufayli energetik ichimliklar tish emaliga yomon ta’sir qiladi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum