🔶Gepatit B — antroponoz virusli kasallik. Sezilarli gepatotrop xususiyatlarga ega qo’zgatuvchi — gepadnaviruslar oilasiga mansub gepatit B virusi (HBV) tomonidan chaqiriladi. Virus turli fizik va kimyoviy omillarga qarshi juda chidamlilik bilan ajralib turadi.
🔶Kasallik faqat bemorning biologik materiallari bilan aloqa qilish orqali yuqishi mumkin. Ko’p hollarda infeksiya bemor uchun sezilmay kechadi, shuning uchun kasallik laboratoriya tahlillari natijasida yoki xususiyatli belgilari namoyon bo’lgan paytda aniqlanadi. O’z vaqtida davolangan bemorlar butunlay sog’ayib ketadi va ushbu kasallikka qarshi barqaror immunitetga ega bo’ladi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum