AKDS qanday vaksina?
AKDS vaksinasi — bu bolalarni difteriya, ko’kyo’tal va qoqshol kabi uchta jiddiy kasallikdan himoya qilish uchun mo’ljallangan kombinatsiyalangan vaksina. Bu kasalliklar bolalar salomatligiga jiddiy xavf tug’dirishi mumkin, shuning uchun AKDS vaksinasi har bir bola uchun muhim ahamiyatga ega.
AKDS vaksinasi qachon qilinadi?
Odatda, AKDS vaksinasi quyidagi jadval bo’yicha amalga oshiriladi:
• 1-doza: 2 oylikda
• 2-doza: 3 oylikda
• 3-doza: 4 oylikda
• 1-revaksinatsiya: 16-18 oylikda
• 2-revaksinatsiya: 6 yoshda
https://t.me/sanepidqom_qarshitum