Gripp

‼️Gripp to‘satdan boshlanib, bir necha soatda bemorda isitma, yo‘tal (odatda quruq), bosh og‘rig‘i, mushaklar va bo‘g‘imlarda og‘riq, zaiflik, tomoq yallig‘lanishi va burun oqishi paydo bo‘ladi.

🦠Grippning sababi nafas yo‘llarining shilliq qavatiga virusning kirib borishidir. Grippning inkubatsion davri 2 kundan 9 kungacha davom etadi va birinchi alomatlar paydo bo‘lganidan keyin 5-10 kun davomida yuqumli hisoblanadi.

🔹Virus asosan havo tomchilari orqali yuqadi va shu sababli maktab, bolalar bog‘chasi, idoralar va boshqa odamlar gavjum joylarda tez tarqaladi. Kassallik ko‘pincha yo‘talganda, aksirganda bemordan boshqaga o‘tadi, shuningdek, qo‘l siqish orqali ham yuqish ehtimoli bor. Shuning uchun virus tarqalishining oldini olishning asosiy chorasi – niqob taqish (sog‘lom odam emas, balki bemor) va muntazam ravishda qo‘lni sovun bilan yuvishdir.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum