✔️Qorin dam bo’lishi, meteorizm

✔️Qorin dam bo’lishi, meteorizm — bu qorinning damlanishi va ichakda gaz hosil bo’lishining kuchayishidir. Sog’lom odamlarda bunday buzilishning sababi o’ziga xos ovqatlanish yoki qabziyatga moyillik bo’lishi mumkin: organizmga kirgan oziq-ovqat ichaklarda ushlanib
qoladi, chirish jarayonlariga olib keladi, natijada gaz hosil qiladi. Ko’p miqdorda gaz hosil bo’lishi kasallikning rivojlanishini ko’rsatishi mumkin.

✔️Meteorizmga olib keluvchi patologiyalar:

✔️Ichak disbakteriozi;
✔️Oshqozon-ichak trakti kasalliklari (pankreatit,enterit, kolit, jigar sirrozi);
✔️O’tkir ichak infeksiyalari;
✔️To’g’ri ichakda ichak parazitlari (gelmintoz);
✔️Gaz chiqishi buzilishlari:
ichak o’tkazmasligi;
peritonit oqibatida ichak atoniyasi;
✔️Nevroz;
✔️Ichakdagi boshqa yallig’lanish jarayonlari.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum