Bezgak kasalligi

Bezgak kasalligi bilan har yili yer yuzida 200-300 million nafardan koʻproq inson kasallanadi.

📌Bunga ekologik tabiiy ofatlar, aholining kasallikka moyilligini yuqoriligi, ijtimoiy-maishiy sharoit hamda aholining migratsiyasini kuchayishi sabab boʻladi.

📌Kasallik “Anopheles” chivinining urgʻochisi chaqishi natijasida, hamda zararlangan donor qonini quyganda, toʻla zararsizlantirilmagan tibbiy asboblar, bezgak bilan ogʻrigan homilador onadan tugʻish jarayonida yoʻldosh orqali yuqadi.

📌Kasallikning yashirin davri 7 kundan 3 yil va undan uzoqroqqa choʻzilishi mumkin. Kasallik odatda qaltirashdan boshlanadi. Lohaslik, darmonsizlik, junjikish, bosh va bel ogʻrigʻi, koʻngil aynish, ishtaha yomonlashishi holatlari kuzatiladi. Birinchi xuruj qilish tana haroratining 38-39 daraja va undan ham oshishi bilan boshlanadi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum