✅O’lat kasalligi qo’zg’atuvchisi

✅O’lat kasalligi qo’zg’atuvchisi
O’latga sabab bo’ladigan bakteriyalar O’lat tayoqchalari (Yersinia pestis) deb nomlanadi. Tabiiy sharoitda bakteriyalar yovvoyi kemiruvchilarga zarar yetkazadi. Ushbu kasallik hali ham dunyoning ko’p qismlarida uchrab turadi, ammo 95% holatlarda Madagaskar va Afrikaning janubiy qismida sodir bo’ladi. Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti dunyo bo’ylab har yili taxminan 1000-2000 o’lat holatlari haqida xabar beradi, ammo ko’p holatlar qayd qilinmaganligi bois, ushbu sonlar bir necha baravar ortiq bo’lishi ehtimoli bor.

✅Kasallangan hayvonlar bilan oziqlanadigan burgalar bakteriyalarni boshqa hayvonlarga yuqtiradi. Sichqon, suslik, kalamushlar, burunduqlar, quyonlar o’lat bakteriyalarini tashuvchi hayvonlarga misol bo’la oladi. Bu hayvonlarning tabiiy populyatsiyalarida bakteriyalar past darajada qoladi. Birdaniga ko’pchilik yovvoyi kemiruvchilar nobud bo’lganda, bu hayvonlarni chaqgan burgalar odamlarni va uy hayvonlarini ham chaqishi mumkin.

✅O’lat bilan zararlangan mushuklar odatda jiddiy kasallanib, atrofga yuqumli havo tomchilarini yo’tal orqali tarqatadi. Itlar kasal bo’lib ko’rinmasa ham, ular hali ham kasallik tashuvchisi — burgalarni uyga olib kelishi mumkin.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum