‼️QUTURISH KASALLIGIDAN OGOH BO‘LING!
🩺 Quturish — hayvonlar va odamda uchraydigan, asab tizimining og‘ir shikastlanishi bilan kechadigan hamda o‘lim bilan yakun topadigan o‘ta havfli yuqumli virusli kasallikdir. Odamlar uchun kasallik manbai bo‘lib: yovvoyi hayvonlardan — bo‘ri, chiyabo‘ri, tulki va boshqalar, uy hayvonlaridan — it, mushuk, sigir, ot, eshak, cho‘chqa hisoblanadi. Odamlarga quturish kasalligi 90-95 foiz holatlarda itlardan yuqadi.
💠 Hayvonlarda quturish kasalligi qanday kechadi
?
🔴 Hayvon tajovuzkor bo‘lib, duch kelgan hayvonlar va odamlarga tashlanadi;
🔴 Yorug‘likdan qo‘rqadi, qorong‘u joyga kirib olishga harakat qiladi, egasi chaqirganida oldiga kelmaydi, egasi hayvonni boshqacha bo‘lib qolganini sezadi;
🔴 Ovqatlanishdan bosh tortadi, to‘g‘ri kelgan jismlarni og‘ziga solib, yutadi, keyinchalik yutinishi qiyinlashadi, og‘zidan juda ko‘p so‘lak oqadi, bezovta bo‘ladi, tovushi bo‘g‘ilib, yo‘qola boshlaydi va orqa oyoqlari yurmay qoladi, ya’ni falajlanish holatlari kuzatiladi. Hayvonlarda ham kasallik o‘lim bilan yakun topadi.
⚠️ Agar Siz it va boshqa uy hayvonlaringizda kasallikning shunday belgilarini kuzatsangiz, darhol veterinariya vrachiga murojaat eting!
https://t.me/sanepidqom_qarshitum