Qizilcha (rubeola) — bu virus qo’zg’atadigan yuqumli kasallik bo’lib, ayniqsa, homilador ayollar va chaqaloqlar uchun xavfli bo’lishi mumkin.
🔶Qizilcha kasalligining belgilari:
🔶Qizilchaning belgilari odatda kasallik yuqqanidan keyin 14-21 kun o’tib paydo bo’ladi va quyidagilarni o’z ichiga oladi:
• Tana haroratining ko’tarilishi: Kasallik odatda tana haroratining 38-39°C gacha ko’tarilishi bilan boshlanadi.
• Tomoq va limfa tugunlarining yallig’lanishi: Tomoq og’rig’i va bo’yin sohasidagi limfa tugunlarining kattalashishi kuzatilishi mumkin.
• Teri toshmalari: Yuzdan boshlab, butun tanaga tarqaladigan mayda, pushti yoki qizg’ish dog’lar paydo bo’ladi. Bu toshmalar odatda 1-3 kun davom etadi.
• Bosh og’rig’i va lohaslik: Ba’zi hollarda bosh og’rig’i, mushak og’rig’i va lohaslik ham kuzatilishi mumkin.
🔶Qizilcha kasalligining xavfi:
Qizilcha kasalligi, odatda, bolalar va kattalarda yengil kechadi, lekin homilador ayollar uchun juda xavfli bo’lishi mumkin. Homiladorlikning dastlabki 3 oyida qizilcha bilan kasallanish homila tushishiga yoki tug’ma nuqsonlarga (karlik, ko’rlik, yurak kasalliklari va boshqa jiddiy nuqsonlar) olib kelishi mumkin.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum