🙌🏻»Toza qoʻllar–shaxsiy gigiyenaning asosiy omili»
📌Shaxsiy gigiyena — bu har bir insonning sogʻligʻini saqlash va kasalliklarning oldini olishda muhim rol oʻynaydi. Shaxsiy gigiyenaning asosiy omillaridan biri esa, bu – qoʻllar tozaligidir.
🙌🏻Nega qoʻllar tozaligi muhim?
🙌🏻Qoʻllarimiz orqali biz atrof-muhit bilan doimiy aloqadamiz. Kundalik faoliyatimiz davomida qoʻllarimizga millionlab mikroblar, bakteriyalar va viruslar yopishadi. Agar biz qoʻllarimizni muntazam yuvmasak, bu mikroblar ovqatlanish va boshqa harakatlar orqali organizmga tushib, turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
🙌🏻Qoʻllar orqali yuqadigan kasalliklar:
🦠Ichak infeksiyalari (dizenteriya, salmonellyoz);
🤧Gripp va boshqa respirator kasalliklar
🤕Gepatit A;
🦶🏻Teri kasalliklari (qoʻtir, zamburugʻli infeksiyalar);
🐛Gelmintozlar (gijja kasalliklari).
🙌🏻Qoʻllarni qachon yuvish kerak?
-Ovqatlanishdan oldin va keyin;
-Hojatxonadan soʻng;
-Koʻchadan kelgandan soʻng;
-Hayvonlar bilan aloqa qilgandan soʻng;
-Bemorga qarashdan oldin va keyin;
-Burunni tozalagandan, yoʻtalgandan yoki aksirgandan keyin.
🙌🏻Qoʻllarni toʻgʻri yuvish qoidalari:
💦Qoʻllarni iliq suv bilan hoʻllang;
🧼Sovunni qoʻllaringizga surting va kamida 20 soniya davomida ishqalang;
🙌🏻Barmoqlar orasini, tirnoqlarni va kaftning orqa tomonini yaxshilab tozalang;
💦Qoʻllarni toza suv bilan yaxshilab chaying.
🙌🏻Qoʻllarni toza sochiq yoki bir martalik qogʻoz sochiq bilan quriting.
🙌🏻Toza qoʻllar – shaxsiy gigiyenaning asosiy omili ekanligini unutmang! Qoʻllaringizni muntazam yuvib, oʻzingizni va yaqinlaringizni kasalliklardan himoya qiling!
https://t.me/sanepidqom_qarshitum