Virusli gepatit B yuqish yo‘llari

Virusli gepatit B yuqish yo‘llari

✅Kasallanishning asosiy qismi zararlangan asboblar bilan (shprislar, ninalar, stomatologik asboblar va boshqalar), kam qismi HBV ga tekshirilmagan qon preparatlarini quyish bilan bog‘liq. Bundan tashqari yaqin muloqotda (ona-bola), jinsiy aloqada, shuningdek teri va shilliq qavatlarning shikastlanishi bilan bog‘liq boshqa maishiy zararlanishlar orqali virusni “tabiiy” yuqish yo‘llari haqida ham ma’lumotlar to‘plangan.

✅HBV bilan yuqori zararlanish xavf guruhiga qon va qon preparatlari bilan muloqotda bo‘ladigan tibbiyot xodimlari ham kiradi. Virus odam organizmidagi barcha biologik suyuqliklarda bo‘ladi. Shuning uchun onadan bolaga yo‘ldosh orqali, ko‘krak sutidan ham o‘tishi mumkin.

✅Virusli gepatit B ning yashirin davri 4 haftadan 6 oygacha bo‘lib, o‘rtacha 50 kunni tashkil qiladi. Virusning kirishi qon tomirlar bo‘lganligi uchun u qon orqali butun organizm bo‘ylab tarqalib, jigar hujayralariga (gepatotsitlarga) yopishadi. Gepatotsitlarga virus yopishganidan boshlab, unga patalogik ta‘sir ko‘rsatmaydi. Zararli ta’sir immun hujayralar gepatit B antigenlarini gepatotsitlar yuzasida aniqlashdan boshlanadi. Sodda qilib tushuntiradigan bo‘lsak, jigar hujayralarining zararlanishi immunopatalogik sabablarga bog‘liq.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum