✔️PTOZ (yun. ptosis-tushish) koʻz muskullarining falajlanishi natijasida yuqori qovoqning salqib tushishi.
✔️Tugʻma yoki hayotda orttirilgan boʻladi.
✔️Tugʻma Ptoz koʻpincha, nasldan-naslga oʻtadi, deyarli hamma vaqt ikkala koʻz qovogʻi tushadi. Yuqori qovoqni koʻtaruvchi muskulning rivojlanmay qolishi tugʻma Ptozga sabab boʻladi.
✔️Hayotda orttirilgan Ptozda, koʻpincha, bitta koʻz qovogʻi tushadi. Ptozning bu xili koʻzni harakatlantiruvchi hamda simpatik nervlar bilan innervatsiyalanadigan muskullar falajlanishi natijasida roʻy beradi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum