✅Deratizatsiya(fransuzcha: deratisation—kemiruvchilarni qirish) —yuqumli kasalliklarni tarqatadigan hamda xalq xoʻjaligiga iqtisodiy zarar keltiradigan kemiruvchilarni yoʻq qilish.
✅Profilaktik va qirib yoʻqotish tadbirlarini oʻz ichiga oladi.
✅Profilaktik tadbirlar zararkunanda kemiruvchilarning uya qurishi, ovqatlanishi hamda koʻpayishiga imkon beradigan sharoitlarni yoʻqotishga, turar joy, xoʻjalik binolarini, goʻsht korxonalari, goʻsht asraladigan muzxonalar, aralash yem korxonalari, elevator, tegirmon, omborxonalarni ular kirishidan himoya qilishga qaratilgan boʻladi.
✅Kemiruvchilarni qirishni (biologik, mexanik va kimyoviy) profilaktik tadbirlar bilan birga qoʻshib olib borish zarur.
✅Biologik usul bilan qirishda mushuk,it baʼzan tipratikandan foydalaniladi. Yirtqich qushlar (yapaloqqush, burgut va boshqalar), tulki, sassiqkoʻzan, tipratikan, mushuk kabi hayvonlar kemiruvchilarni yoʻqotadigan tabiiy biologik kushandalardir.
✅Mexanik vositalarga qopqon, tuzoqlar kiradi.
✅Kemiruvchilarga karshi kurashishning kimyoviy usulida turli xil zaharli moddalar qoʻllanadi. Bunda tarkibida rodensidlar boʻlgan zaharli xoʻraklardan foydalaniladi yoki ular kemiruvchilar chiqadigan teshikka sepiladi. Zaharli moddalar bilan ishlaganda ehtiyot choralariga qatʼiy rioya qilish kerak.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum