✅Qizamiq – havo-tomchi yo’li orqali yuqadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, umumiy toksikoz, tana haroratining ko‘tarilishi, nafas yo‘llari yallig‘lanishi va terida o‘ziga xos bosqichma-bosqich, dog‘li-papulyoz toshmalar toshishi bilan xarakterlanadi.
✅Qizamiqning etiologiyasi — Qizamiq virusi – Rolyinosa morbiliorum – katta miksoviruslar oilasiga mansub, virus genomi bir zanjirli RNKdan iborat.
✅Qizamiq epidemiologiyasi — Infeksiya manbai – bemor.
Yuqish yo‘li faqat havo-tomchi – bemor yo‘talganda, aksirganda, gaplashganda viruslar tashqi muhitga chiqishi va havo oqimi bilan uzoq masofalarga tarqalishi mumkin.
✅Qizamiq bilan og‘rigan bemor 6-8-10 kun davomida zararli (yuqumli) hisoblanadi: (inkubatsion davrini oxirgi kunlari, ayniqsa prodromal va toshma toshish davrlari o‘ta xavfli hisoblanadi).
✅Virusni qondan, tomoq-burun yuvindilaridan kasallikning kataral va toshmali davrning dastlabki kunlarda ajratish mumkin. Bu muddat zararli davriga to‘g‘ri keladi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum