📌Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har yili 275 milliondan ortiq odamlar o‘tkir yuqumli ichak kasalliklariga chalinadi va ularning 70 foizga yaqinini 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi.
📌O‘tkir yuqumli ichak kasalliklariga qorin tifi, paratiflar, salmonellyoz, ichburug‘, virusli gepatitning “A” turi va boshqa qator o‘tkir yuqumli kasalliklar kiradi.
📌Bu kasalliklarni aksariyat hollarda bakteriya va viruslar qo‘zg‘atib, bemor va bakteriya tashuvchi odamlar kasallik qo‘zg‘atuvchilarining manbalari hisoblanadi. Ular kasallik qo‘zg‘atuvchilarini asosan o‘zlarining najasi orqali tashqi muhitga chiqaradi va atrof muhitni shu kasallik qo‘zg‘atuvchilari bilan ifloslantiradi.
📌Masalan, ichburug‘ kasalligi bilan og‘rigan bemorning 1 gramm najasida 1 milliongacha, qorin tifi bilan og‘rigan bemor yoki bakteriya tashuvchining 1 gramm najasida 10 milliongacha kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriya bo‘lishi mumkin.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum