❓Gerpes qanday kasallik?

❓Gerpes qanday kasallik?

✅Gerpes — bu virus keltirib chiqaradigan kasallik. Bu teri va shilliq qavatlardagi suyuqlik bilan to’ldirilgan kichik pufakchalarning toshishi sifatida namoyon bo’ladigan yallig’lanish kasalligi.

✅Shuningdek, oddiy gerpes virusi homiladorlik davrida homilaga ta’sir qiladi, u keltirib chiqaradigan patologiyalar homilaning tashqi koʼrinishi oʼzgarishiga olib kelishi mumkin.

✅Oddiy gerpes virusi koʼpincha quyidagilarga ta`sir qiladi:

✅shilliq qavatlar;
✅nervlar (meningit, ensefalit);
✅ko’rish apparati (keratit, konyunktivit);
✅teri qoplamasi;
✅jinsiy a’zolarning shilliq qavati.

✅Kasallikning takrorlanishi burunning yon tomonida, lablar chetida, tish milkida va yonoqning ichki qismida, peshonada va hatto ko’z qovog’ida o’zini namoyon qiladi. Ko’pincha yallig’lanish lablar burchaklarida vujudga keladi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum