❓Har kuni shirinlik iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarish ro‘y beradi?
✅Shirinliklar sog‘liq uchun zararli ekanligini har birimiz bolalikdan bilamiz. Shakarni ortiqcha iste’mol qilish nafaqat jismoniy, balki bir qancha psixologik kasalliklarga ham olib kelishi mumkin.
✅Shirinliklar tarkibida juda ko‘p kaloriya mavjud. Aslida, tavsiya qilingan o‘rtacha me’yor 2000 kilokaloriya, masalan, chizkeykdagi bu miqdor kunlik qiymatning 41 foizini tashkil qiladi. Kuniga yana bir necha marta ovqatlanishni hisobga olsak, albatta, bu me’yordan ko‘proq kaloriya iste’mol qilasiz. Bu esa vaqt o‘tishi bilan vazn ortishiga olib keladi.
✅Tish bilan bog‘liq muammolar
Aslida, shakar ko‘pchilik o‘ylaganidek kariyesga sabab bo‘lmaydi. Lekin shakarning tish yuzasi bilan o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘lgan kislota ushbu muammoni yuzaga keltiradi.
✅Muammoli teri
Olimlar tomonidan sut, yuqori glyukemik ovqatlar va teri muammolari o‘rtasida bog‘liqlik aniqlangan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sut va shirinliklar iste’moli teridagi toshmalarga sabab bo‘ladi.
✅Shakarga qaramlik hissi
Ko‘p miqdorda shakar iste’mol qilish natijasida miya o‘zida kayfiyatni ko‘taruvchi kimyoviy modda — dofamin ajratadi.
✅Depressiya va xavotir
Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, shakar tanadagi yallig‘lanishni kuchaytiradi. Bu esa o‘z navbatida stress, xavotir va hatto depressiya kuchayishiga olib keladi.
✅Yurak va jigar kasalliklari
Shakar ichki organlarga ham ta’sir qiladi. Shirinlikni ko‘p iste’mol qilish jigar muammosi va hatto yurak kasalliklariga olib kelishi mumkin.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum