Yozgi ta’tilda bolalarni to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari❗️
✅Yozgi ta’til – bolalar uchun dam olish, o‘yin-kulgi va yangi kuch to‘plash vaqti. Shu bilan birga, yozgi issiq havoda ularning ovqatlanishiga alohida e’tibor qaratish zarur. To‘g‘ri ovqatlanish bolalarning sog‘lom o‘sishi, immunitetini mustahkamlashi va energiya olishida muhim rol o‘ynaydi.
✅Bolalar uchun yozgi ovqatlanish qoidalari:
🚰 Ko‘proq suv ichish:
✅Issiq havoda organizm ko‘proq suyuqlik yo‘qotadi. Shuning uchun bolalarga kun davomida yetarlicha toza suv ichishni eslatib turing. Mevali sharbatlar va tabiiy kompotlar ham foydali.
🍎🍒 Meva va sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qilish:
✅Meva va sabzavotlarni bolalarning ovqatlanish ratsioniga kiritish immunitetni oshiradi va tana uchun zarur vitaminlar bilan ta’minlaydi.
🥗 Yengil va hazm bo‘ladigan taomlarni tanlash:
✅Yog‘li va og‘ir ovqatlar o‘rniga yengil, sabzavotli, parranda go‘shti yoki baliqdan tayyorlangan taomlar berish maqsadga muvofiq.
⏰ Ovqatlanish soatlariga amal qilish:
✅Bolalarning organizmi muntazam ovqatlanishga moslashgan. Ertalab, tushlik va kechki ovqatni belgilangan vaqtda berish ularning hazm tizimini yaxshilaydi.
🍫 Shirinliklarni me’yorda iste’mol qilish:
✅Bolalar ko‘proq shirinlikka qiziqadi, lekin shakarni ortiqcha iste’mol qilishdan saqlaning. Meva va tabiiy asal shu o‘rnini bosishi mumkin.
🍟 Fast-food va gazlangan ichimliklarni cheklash:
✅Bu turdagi mahsulotlar bolalar sog‘lig‘iga zarar keltiradi, ayniqsa issiq havoda ularning iste’moli tavsiya etilmaydi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum