✅Qizamiqni davolash
✅Qizamiq bilan kasallangan bemorlar kasalxonaga yotqiziladi, ammo aksariyat hollarda ambulator sharoitida davolanish yetarli. Isitma davrida yotish qattiy buyuriladi. Umuman olganda, qizamiqni davolash asoratlarni rivojlanishiga yo’l qo’ymaslik va simptomlarni engillashtirishga qaratilgan. Bugungi kunda samarali etiotropik terapiya mavjud emas.
✅Tanadan toksinlarni olib tashlashni tezlashtirish uchun ko’p miqdorda suyuqlik ichish kerak. Shuningdek, bemorlarga yorqin nurdan saqlanish, ko’z va og’iz gigienasini diqqat bilan kuzatib borish tavsiya etiladi. Issiqni tushuruvchi vositalar va antigistaminlar, adaptogenlar, vitaminlar va interferon simptomatik va patogenetik davolash usullari sifatida ishlatilishi mumkin.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum