📌Tepki belgilari va alomatlari
📌Isitma 1-2 kunga kelib maksimal darajada bo’ladi va 4-7 kun davom etadi. Shikastlangan so’lak bezlari sohasi og’riqli bo’ladi. Og’riq bir necha nuqtalarda: quloqning oldida, quloqning orqasida (Filatov alomati) va so’rg’ichsimon o’simta sohasida ifodalanadi. Mursu alomati — shikastlangan quloq yonidagi so’lak bezlari chiqaruvchi kanali sohasidagi shilliq qavatning yallig’lanish reaktsiyasi. Uning ustidagi teri tarang, yaltiroq bo’ladi, shish bo’yinga tarqalishi mumkin. Bezlarning kattalashishi 3 kun ichida maksimal darajaga yetadi, 2-3 kun saqlanib turadi va asta-sekin (7-10 kun ichida) normal holatga qayta boshlaydi.
📌Epidemik parotitining prognozi ijobiy bo’lib, o’lim ko’rsatkichlari juda kam (100 000 ta holatga 1 ta), ammo moyaklarning atrofiyasi (bepushtlikka olib keladi) va kar bo’lib qolish xavfini inobatga olish kerak.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum