❓Botulizm qanchalik jiddiy?
✅Botulina neyrotoksini eng kuchli va o’ldiradigan moddalardan biri hisoblanadi. Kamida 1 nanogramm/ kg odamlar uchun halokatli bo’lishi mumkin, va olimlar botulina toksinining taxminan 1 grammi 1 million odamlarni o’ldirishga qodir deb taxmin qilishadi. Toksinning oz miqdori odamlarni o’ldirishga qodir bo’lgani sabab bioterrorizm uchun qurol sifatida ishlatilishi mumkin. Botulizmning barcha shakllari o’limga olib kelishi mumkin va favqulodda holat hisoblanadi. Toksin hazm qilish tizimi tomonidan tez so’riladi, shuning juda ko’p odamlar zaharlangan oziq-ovqatni oz miqdorda iste’mol qilganda ham zaharlanishadi.
❓Botulizm neyrotoksini (botulotoksin) tanaga qanday ta’sir qiladi?
✅Neyrotoksin aslida nervlarni falaj qiladi, shuning uchun mushaklar qisqara olmaydi. Neyrotoksin nerv hujayralariga kiradi va atsetilxolin chiqarilishini oldini oladi, shuning uchun nerv mushaklarini boshqara olmaydi. Agar asab tolalari neyrotoksinga qarshi tura oladigan yangi aksonni qayta tiklay olmasa, nerv-mushak o’rtasidagi falajlik doimiy qoladi. Shu bois botulizmdan qutilish uchun juda uzoq vaqt talab etiladi va neyrotoksinni kosmetik va terapevtik maqsadlarda ishlatiliganda nisbatan uzoq vaqt davomida samarali bo’ladi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum