✅Qandli diabet kasalligining shakllari
✅Qandli diabetning og’irligi jihatidan yengil, o’rtacha va og’ir bolishi mumkin. Ushbu kasallikning to’rtta asosiy klinik shakli mavjud:
✅1-tip qandli diabet (insulinga bog’liq).
35 yoshgacha bo’lgan odamlarda va yosh bolalarda uchraydi. Insulinning tabiiy ishlab chiqarilishi butunlay to’xtaydi, shuning uchun uni doimiy ravishda inyeksiya orqali yuborib turiladi.
✅2-tip qandli diabet (insulinga bog’liq bo’lmagan).
U qirq va ellik yoshdan oshgan odamlarda uchraydi, uning paydo bo’lishining sababi to’qimalarning insulinga anormal sezgirligidir. Bunday diabetda shakarning ozlashtirilishi qiyin kechadi, insulinni inyeksiya orqali yuborish talab qilinmaydi.
✅Simptomatik (ikkilamchi) qandli diabet.
Boshqa kasallik tufayli paydo bo’ladi (masalan, oshqozon osti bezi kasalliklari). Shuningdek, dori-darmonlarni uzoq muddat qo’llash, genetik patologiyalar tufayli ham yuzaga kelishi mumkin.
✅Bolalik davrida noto’g’ri ovqatlanish tufayli yuzaga kelgan qandli diabet.
Ko’pincha tropik mintaqalarda yashaydigan odamlarda uchraydi.
✅Bundan tashqari, ayollarda homiladorlik davrida yuzaga kelovchi gestasion qandli diabetni ajratish mumkin. Qondagi glyukoza miqdori darajasiga qarab quyidagicha tasniflanadi:
✅Kompensatsion qandli diabet — bemor sog’lig’idan shikoyat qilmaydi, och qoringa qondagi shakar darajasi 4 mmol/l dan oshmaydi, kun davomida esa 9 mmol/l dan oshmaydi.
✅Subkompensatsion qandli diabet — alomatlar paydo bo’lmaydi va qonda shakar darajasi 8 dan 11 mmol/l gacha bo`ladi.
✅Dekompensatsion qandli diabet — bemor sog’lig’ining yomonligidan shikoyat qiladi, kasallik belgilari aniqlanadi, qondagi glyukoza darajasi 11 mmol/l dan yuqori.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum