🌾Bugʻdoy unini boyitish haqida

🌾Bugʻdoy unini boyitish haqida

🌾Bugungi kunda bugʻdoy uni isteʼmolining ortishi bilan birga uning tarkibidagi oziq moddalarning ahamiyati ham oshib bormoqda. Shu sababli, bugʻdoy unini boyitish – jamiyat salomatligini yaxshilashning muhim yoʻli hisoblanadi.

🌾Bugʻdoy unini boyitish nima degani?

🌾Bugʻdoy unini boyitish – bu unga qayta ishlash jarayonida yoʻqotilgan vitaminlar va minerallarni qayta qoʻshish orqali uning ozuqaviy qiymatini oshirish jarayonidir. Odatda, bugʻdoy uniga quyidagi moddalar qoʻshiladi:

•Temir:
Kamqonlikning oldini olish uchun.
•Foliy kislotasi:
Homilador ayollar uchun muhim, bolaning tugʻma nuqsonlari xavfini kamaytiradi.
•B guruhidagi vitaminlar (Niacin, Riboflavin, Tiamin):
Energiya almashinuvini yaxshilash va nerv tizimining normal ishlashini taʼminlash uchun.
•Sink:
Immunitetni mustahkamlash uchun.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum