📌Kuydirgining septik shakli

📌Kuydirgining septik shakli

📌Kasallikning septik shakl kam uchraydi. Kasallik kuchli varaja bilan o’tkir boshlanadi, tana harorati 39 — 40 °C gacha ko’tariladi. Sezilarli taxikardiya hansirash, taxipnoe, ko’krakdagi og’riqlar va ko’pikli-qonli balg’am chiqishi bilan yo’tal kuzatiladi. Pnevmoniya va plevral effuziya belgilari aniqlanadi. Infektsion-toksik shok rivojlanishida gemorragik o’pka shishi paydo bo’ladi.

📌Qon va balg’amda ko’p miqdorda kuydirgi bakteriyasi aniqlanadi. Bemorlarning bir qismida qorin og’rig’i, koʻngil aynishi, qonli qusish, suyuq qonli axlat kelishi mavjud bo’ladi. Keyinchalik ichak parezi rivojlanadi, peritonit ehtimoli mavjud. Meningoensefalit alomatlari aniqlanadi.Infeksion-toksik shok, miyaning shishishi, oshqozon-ichakda qon ketishi va peritonit kasallanishning birinchi kunlarida o’limga olib kelishi mumkin.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum