✅Baliq isteʼmol qilishning foydali tomonlari
✅Immunitet tizimini mustahkamlaydi
Baliq selen moddasiga boy, u kuchli immunitetni mustahkamlovchi xususiyatlarga ega. Ushbu mineralning yetishmasligi natijasida tananing immunitet reaksiyasi sustlashadi, viruslarning “hujumiga” javob bermaydi, so‘ngra kasallik butun organizmni egallaydi. Selen immunoglobulin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va tanani virus hamda kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalardan himoya qiladi.
✅Miya faoliyatini rag‘batlantiradi
Omega-3 kislotalariga juda boy bo‘lgan baliqlarni muntazam iste’mol qilish miya faoliyatini yaxshilaydi.
✅Yurakni himoya qiladi
Omega-3 kislotalari nafaqat miya, balki yurak uchun foydali. Ular yurak mushaklarini mustahkamlaydi, tomirlarni yanada elastik qiladi, ularning klasifikatsiyasining oldini oladi. Bundan tashqari, omegalar qondagi xolesterin miqdorini nazorat qilishga yordam beradi: yomon xolesterin ishlab chiqarishni kamaytiradi va yaxshi xolesterin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Shu bilan yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oladi.
✅Teri holatini yaxshilaydi;
Baliq tarkibida omega-3 kislotalari yana bir ajoyib xususiyatga ega: ular A vitaminini sezilarli darajada oshiradi.Retinol terining sog‘liq va yoshlikning kaliti ekanligi ma’lum: u oziqlantiradi, kamchiliklarga qarshi kurashadi va qarish jarayonini sekinlashtiradi.
✅Uyquni yaxshilaydi
Muntazam ravishda baliq iste’mol qilish D vitamini tanqisligini to‘ldirishga, uyquni me’yorlashtirishga yordam beradi va kun davomida organizmni energiya bilan ta’minlaydi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum