❓Issiqlik yoki quyosh urganda ilk alomatlar yuzaga kelganda nima qilish kerak?
✅Bemorni soyali joyga yoki kislorod yetarli boʻlgan va namlik darajasi normal boʻlgan salqin xonaga yotqizing.
✅Yotqizib, ustki kiyimni yeching.
✅Boʻyin va toʻpiqlar ostiga biror narsa qoʻyib, bosh va oyoqlarni koʻtaring.
✅Bemorga koʻp miqdorda sovuq suv berish lozim, bunda ozroq shakar va tuz qoʻshib mineral suv bergan afzalroq.
✅Bemorning yuzini sovuq suv bilan namlang, peshona va boʻyniga sovuq nam sochiq qoʻying.
✅Biron bir matoni sovuq suv bilan namlang va koʻkragiga surting, yoki butun tanaga asta-sekinlik bilan 20° C dan issiq boʻlmagan suvni quying yoki hoʻl choyshab bilan oʻrab qoʻying.
✅Boshga, boshning orqa qismiga va peshonaga sovuq kompress, muz boʻlagi yoki sovuq shisha idish qoʻying.
✅Bemorga tez-tez shamol yelpib turing.
✅Agar beixtiyor qusish boshlansa, nafas yoʻllariga ketib qolmasligi uchun uni bir oz yonboshlating.
✅Koʻz oldi qorongʻulashganda, nafas olish qiyinlashganda, bemorga nashatir spirtni hidlatish va tez yordam kelguniga qadar jismoniy sovutishni davom ettirish lozim.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum