#salomatlik
✅Brokkoli – karamning juda foydali va mazali turi bo’lib, bu sabzavot bir yoshgacha bo’lgan bolalarga qo’shimcha ovqat sifatida ham beriladi va «21-asr mahsuloti» deya ataladi.
✅Brokkoli nisbiy kaloriyali mahsulot hisoblanadi. Bunday mahsulotlarni hazm qilish jarayonida organizm mahsulotdagi mavjud kaloriyadan ham ko’proq kaloriya sarflaydi. Bu sabzavotning kaloriyasi 100gr mahsulotda 34 kKal ni tashkil qiladi.
Shuning uchun ham brokkoli ozishni xohlovchi insonlarga tavsiya qilinadi.
✅Bundan tashqari brokkoli inson organizmi uchun zarur bo’lgan ko’pgina foydali moddalarni saqlaydi. Uni superfud deb ham atashadi: brokkolida ko’p miqdordagi antioksidantlar, А, Е и С, РР va В guruhi vitaminlari, mineral moddalar, oqsillar va uglevodlarni saqlaydi.
✅Brokkolidagi mavjud oqsillar, hayvonlardagi oqsillar bilan taqqoslaniladi. To’yimliligi borasida ular teng bo’lib, hazm qilish borasida esa ustun turishadi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum