✅Kuydirgi etiologiyasi
✅Kuydirgi kasalligining qo’zg’atuvchisi — Bacillus anthracis batsillasi. U o’zi bilan spora hosil qiluvchi, kattaligi 5-10 × 1-1,5 mkm bo’lgan grammusbat tayoqchani taqdim etadi. Kuydirgi batsillasi go’sht-peptonli muhitda yaxshi o’sadi, kapsulali va somatik antigenlar saqlaydi va ekzotoksin ajratishga qodir, ekzotoksin oqsilli kompleks bo’lib, shish chaqiradigan, protektiv (hujayra membranasi bilan o’zaro ta’sirlanib, boshqa komponentlarning faoliyatiga yordam beradi) va letal (sitotoksik effekt, o’pka shishishi) komponentlardan tashkil topgan.
✅Kuydirgi bakteriyalari organizmdan tashqarida kislorodga yo’l bo’lganida spora hosil qiladi, buning natijasida yuqori harorat, quruqlik va dezinfeksiyalovchi vositalarga qarshi yuqori chidamlilikka ega bo’ladi. Kuydirgi bakteriyalarining sporalari ko’p yillar davomida saqlanib turishi mumkin; kasallangan hayvonlarning axlati va siydigi bilan zararlangan yaylovlar uzoq yillar davomida kuydirgi sporalarini saqlashi mumkin.
✅Kuydirgi tayoqchasining vegetativ shakllari qaynatilganda va oddiy dezifenksiyalovchi moddalar ta’siri ostida tezda nobud bo’ladi.
✅Avtoklavlash vaqtida 110 °C da sporalar 40 daqiqadan so’ng nobud bo’ladi, quruq issiqlik bilan 140 °C da esa 2,5-3 soatda. Kuydirgi sporalari to’g’ridan-to’g’ri quyosh nurlariga 10-15 sutka bardosh bera oladi. Sporotsid ta’sirga shuningdek xloraminning faollashtirilgan eritmalari, issiq formaldegid, vodorod peroksidi ham ega.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum