✔️Ziraning foydali xususiyatlari va ishlatilishi

✔️Zira—ishtaxani yaxshilash uchun hamda oshqozondagi sanchiq, oʻt pufagi va jigardagi ogʻriqlar, shuningdek, yoʻtalga qarshi foydali tabiiy vositadir.

✔️Tarkibidagi shifobaxsh taʼsir etadigan moddalar:
✔️zira tarkibi 3—7 % efir moyidan, 12—22 yogʻli moydan, shuningdek, kversetin va kempferol deb nomlanuvchi flavonoidlar, kumarinlar, umbelliferon, skopoletin va boshqa moddalardan iborat. Bundan tashqari unda oqsil 10—23 % va xushboʻy moddalar ham borligi aniqlangan.

✔️Ziraning foydali xususiyatlari va ishlatilishi

✔️Zira—mavjud boʻlgan barcha davolash vositalaridan eng yaxshi karminativ (meteorizmga – qorin dam boʻlishiga qarshi) foyda beruvchi tabiiy oʻsimlik moddasidir. Shu sababdan ham u tabobatda taʼsirchan tabiiy davolash vositasi sifatida mustahkam oʻrin olgan. Zirani koʻplab dori-darmonlar tarkibida uchratish mumkin, lekin uni koʻpincha hech qanday boshqa narsa qoʻshmasdan choy sifatida damlab ichish tavsiya etiladi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum