✅Qoʻziqorindan zaharlanishdan saqlaning!

✅Qoʻziqorindan zaharlanishdan saqlaning!

✅Respublikamiz hududida oʼsadigan qoʼziqorinlarning 275 turi zaharli hisoblanadi. Ularning tarkibida turli xil kuchli zaharli moddalar mavjud boʼlib, qoziqoringa qanchalik ishlov berilmasin (qaynatish, qovurish, dimlash, dudlash, marinadlash), tarkibidagi zaharli moddalar yoʼqolib ketmaydi hamda oshqozon-ichak fermentlari taʼsirida parchalanmaydi, istemol qilgan insonlarni zaharlanishga, ogʼir hollarda esa – oʼlimga olib keladi.

✅Organizmga zarari: qoʼziqorin tarkibidagi zaharli moddalar jigar, buyrak, meʼda osti bezi va markaziy asab tizimi aʼzolarini qattiq shikastlaydi.

✅Birinchi tibbiy yordam: qoziqorindan zaharlanish alomatlari vujudga kelgan taqdirda bemorga 1-2 litr osh tuzi eritmali iliq suv ichirilib, suniy qayt qildiriladi, medasi yuviladi. Agar meda yuvilib, undagi zaharli moddalardan xalos etilmasa, ular qonga soriladi va zaharlanish yanada ogirlashadi. Bu bemorlarni uy sharoitida shifokorga murojaat qilmasdan, bilar-bilmas davolanish natijasida oqibatlarga olib kelishi mumkin.

❗️Qo`ziqorindan zaharlanishning dastlabki belgilaridayoq zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum