✔️OIV kasalligining rivojlanish bosqichlari:
✔️1-bosqich (inkubatsiya bosqichi).
Kasallik ilk paytidan kasallikning klinik belgilari paydo bo’lishigacha bo’lgan davr. Muddati: 2 haftadan 6-8 oygacha. Testlar virus mavjudligini aniqlay olmaydigan bosqich, ammo u allaqachon sheriklar va qabul qiluvchilarga yuqadi.
✔️2-bosqich (birlamchi yoki faol bosqich):
infeksiyadan so’ng, ko’p odamlarda simptomlar bilinmaydi yoki grippga o’xshash yengil namoyon bo’ladi. Odatda 2 oygacha davom etadi.
✔️3-bosqich (surunkali bosqich):
virus ko’payadi, lekin ko’pchilik odamlar simptom bilinmaydigan holatda bo’ladilar. Bu 2 yildan 20 yilgacha, ko’pincha 6-7 yil davom etadi.
✔️4-bosqich (OITS):
agar davolanish boshlanmasa, infeksiya OITS bosqichiga o’tishi mumkin, bu immunitetning jiddiy buzilishi, ma’lum asoratlarning paydo bo’lishi xavfini paydo qiladi. 1 yildan 3 yilgacha davom etishi mumkin.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum