✅Vabo — infeksiyadan kelib chiqadigan o‘tkir ichak kasalligi. Vabo ko‘pincha yoz davrida boshlanadi.
✅Sabablari
Vabo organizmning vabo vibrioni (bakteriya) bilan zararlanishi natijasida paydo bo‘ladi. U maishiy va alimentar yo‘llar bilan yuqadi.
✅Vabo kasalligining asosiy sabablari:
-bakteriya bilan zararlangan mahsulotlar va suv iste’mol qilish;
-infeksiyalangan suv havzalarida cho‘milish;
-tarkibida bakteriya bo‘lgan narsalar bilan aloqa qilish.
✅Vabo belgilari
✅Vabo simptomlariga quyidagilar kiradi:
-bosh aylanishi;
-diareya;
-chanqoqlik;
-suvsizlanish;
-umumiy zaiflik;
-bo‘g‘iqlik;
-arterial bosimning pasayishi;
-qusish;
-tana haroratining pasayishi;
-mushaklar tortishishi;
-teri quruqligi;
-taxikardiya;
-tez-tez defekatsiya chaqiriqlari.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum