📌Bezgak kasalligini oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlar:

📌Bezgak kasalligini oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlar:

📌Aholini bezgak kasalligi bo‘yicha sanitariya madaniyatini oshirish bo‘yicha keng miqyosida sanitariya targ‘ibot ishlarini olib borish;

📌Chivinlar ko‘payadigan joylarni yo‘q qilish, suv havzalarini tozalash, suvni istemol qilish qoidalariga rioya qilish, keraksiz suv havzalarini paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;

📌Xorijiy davlatlarga borib kelgan shaxslarni o‘z vaqtida aniqlash va hududiy davolash profilaktika muassasalariga xabar berish;

📌Kasallikni mahalliy aholi o‘rtasida tarqalishini oldini olish uchun fermer xo‘jaliklari va jismoniy shaxslar tomonidan sholi ekish uchun ajratilgan maydonlarni aholi yashash joylaridan 2-3 km uzoqlikda rejalashtirish;

📌Ko‘p qavatli binolar yerto‘lalarining sanitariya-texnik holatini yaxshilash;

📌Xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarini tozalash, keraksiz suv havzalarini yo‘qotish;

📌Barcha odamlar, ayniqsa go‘dak bola va homilador ayollarni chivinlar ko‘payadigan pallada, yani quyosh botishi va chiqishi oralig‘ida chivinlar chaqishidan himoya qilish maqsadida pashshaxonalar ichida uxlashlari;

📌Chivinlarni uyga kirmasligi uchun yashash xonalarning deraza va eshiklariga to‘r parda, doka yoki kataklari 2 ml.dan kam bo‘lgan sintetik to‘r tutish;

📌Chivinlar, hashoratlarga qarshi maxsus aerozollardan foydalanish va bu jarayonda ko‘rsatmalarga qatiyamal qilish;

📌Xonadan tashqari holatlarda esa, badanning ochiq joyini qoldirmay kiyinish kerak bo‘ladi;

📌Qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda agrotexnika va sanitariya-gidrotexnika qoidalariga amal qilinishi bezgak chivinlarining keskin kamayishiga va respublikamiz hududida bezgak kasalligi tarqalishining oldini olishda muhim omil hisoblanadi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum