✔️Diareya

✔️Diareya

✔️Diareya xalq orasida ichog‘rig‘i, ich ketishi nomlari bilan ataladigan xastalik bo‘lib, ichak yo‘llarining funksional buzilishi hisoblanib, ichaklarni tez-tez bo‘shatish va ichning suyuq holatda kelishi bilan kechadi. Diareya bilan kattalar ham, bolalar ham kasallanishi mumkin.

✔️Kelib chiqish sabablari

✔️Diareya ichaklarda suyuqlik va elektrolitlarning so’rilishi bilan bogʼliq buzilishlar tufayli rivojlanishi mumkin.

✔️Mazkur kasallik quyidagi sabablarga ko’ra yuzaga keladi:

✔️Sekretor shakli:
surgi vositalardan tez-tez yoki koʼp miqdorda foydalanilganda kelib chiqadi. Shuningdek, turli xil zaharlar yoki vabo vibrionlari (bakteriyalari) ham diareyaning ushbu turini keltirib chiqarishi mumkin. Bunday diareya och rangli suyuq axlat bilan xarakterlanadi, u hidsiz boʼladi va tarkibida qon, yiring boʼlmaydi.

✔️Ekssudativ shakli:
ichak infeksiyalari, masalan, dizenteriya va salmonellyoz, gijjalar, Kron kasalligi, oshqozon yarasi koliti, oshqozon-ichak tizimi kasalliklari sabab bo’ladi. Axlat miqdori koʼp boʼlmaydi, rangi och sariq yoki yashil bo’lib, tarkibida qon va yiring ham mavjud bo`ladi.

✔️Osmolyar shakli:
oshqozon osti bezining fermentativ funksiyasi buzilganda, shuningdek, organizmga rotavirus infeksiyasi tushganda yuzaga kelishi mumkin. Kasallikning bu shakli bolalar orasida eng keng tarqalgan.

✔️Ichak faoliyatini buzadigan stressdan kelib chiqqan diareya shakli ham mavjud.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum