✅Qrim-Kongo  gemorragik isitma kasalligi

✅Qrim-Kongo  gemorragik isitma kasalligi virus qo‘zg‘atadigan, tabiiy sharoitda kanalar orqali yuqadigan o‘ta xavfli yuqumli kasallikdir. Yirik va mayda shoxli hayvonlarda uchraydigan iksod kanalari gemorragik isitma kasalligi virusining tashuvchilari, kemiruvchilar, yirik va mayda shoxli mollar esa gemorragik isitma virusining manbalari hisoblanadi.

✅Ushbu kasallik o‘zida  gemorragik virusini  saqlaydigan kanalarning chaqishi va qo‘llar kana qoni bilan ifloslanishi natijasida odamlarga yuqadi.Bundan tashqari, kasallik odamga shu kasallik bilan og‘rigan bemorning qoni orqali ham yuqishi mumkin.

✅Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining cho‘l hududlari mazkur kasallik bo‘yicha tabiiy o‘choqli hududlar hisoblanadi. Kasallik respublikamiz hududiga chetdan kirib kelishi va tarqalishi ham mumkin.

✅Kasallikning yashirin davri o‘rtacha 2–3 kun davom etadi. Ba’zida bu davr bir necha soatlarga qisqarishi yoki 14 kungacha cho‘zilishi mumkin.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum