❓Qizamiq nima?

❓Qizamiq nima?

✅Qizamiq-bu o’tkir yuqumli virusli kasallik bo’lib, u tana haroratining ko’tarilishi, ko’p miqdorda toshma va shamollash alomatlari bilan namoyon bo’ladi. Qizamiqning ikki shakli mavjud – atipik va tipik. Birinchisi osonroq kechadi va o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi:

✅Mitigatsiyalangan atipik qizamiq. Inkubatsiya davrida profilaktika maqsadida qizamiqqa qarshi immunoglobulin yuborilgan yoki qizamiqqa qarshi immunoglobulinlarni o’z ichiga olgan qon quyilgan odamlarda uchraydi. Ushbu turdagi kasallikda kataral davr yo’q, tana harorati maksimal 38°C gacha ko’tariladi, Filatov-Koplikov dog’lari (og’iz shilliq qavatida mayda oq dog’lar) hosil bo’lmaydi.

✅Abortiv atipik qizamiq.Tana harorati ko’tariladi va 3-4 kun davomida pasaymaydi. Toshmalar och pushti, ko’p emas, faqat tananing yuqori qismida va yuzida paydo bo’ladi. Bemor 4-5 kun ichida sog’ayadi.

✅O’chirilgan atipik qizamiq. Bemor ozgina holsizlikni his qiladi. Toshma paydo bo’lmaydi. Faqat engil burun bitishi kuzatilishi mumkin.

✅Asemptomatik atipik qizamiq. Hech qanday tarzda o’zini namoyon qilmaydi. Laboratoriya testlarini o’tkazish orqali tashxis qilinadi.

✅Tipik qizamiq engil, o’rtacha va og’ir bo’ladi, asoratlar bilan yoki asoratlarsiz kechadi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum